Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev (13-1, 10 KO) O‘zbekiston vaqti bilan 8-oktabr tongida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschiga Alantes Foks (28-5-1, 13KO) raqib bo‘ldi. 10 raundga belgilangan bellashuvning 4-raundida Bektemir tomonidan berilgan ketma-ket zarbalardan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa Meliqo‘ziyev o‘zining WBA Intercontinental chempionlik kamarini yana bir marta himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir so‘nggi jangini 23-aprel kuni Gabriel Rosadoga o‘tkazib, g‘alaba qozongandi. Ushbu jang revansh bo‘lib, bokschilar 2021-yil 19-iyunida ham ringga ko‘tarilgan va unda Rosado nokaut evaziga zafar quchgandi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »