Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektorida yerusti harbiy operatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror hali qabul qilinmagan, Isroil hukumat tegishli masalani muhokama qilishda davom etmoqda. Bu haqda Isroilning Moskvadagi elchisi Aleksandr Ben Svi ma’lum qildi.

"Hukumat ichida hali ham muloqotlar davom etmoqda. Shu kunlarda qaror qabul qilinadi. Lekin biz urush holatidamiz, buni kecha bosh vazir juda aniq aytdi. Bunday operatsiya bo'yicha qaror qisqa fursatda qabul qilinmaydi. Buni hal qilish kerak, bu jiddiy masala. Hozircha hukumat tomonidan bu masalada suhbatlar olib borilmoqda”, - deya ta'kidladi Isroilning Rossiyadagi diplomatik missiyasi rahbari.
Foto: Mgimo.ru

Shu bilan birga, elchi yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi mumkinligini tan oldi.

"Men hozircha qanday turdagi qaror qabul qilinishini bilmayman, ammo qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi", deya qo'shimcha qildi u.

Avvalroq Isroil jangovar samolyotlari o‘tgan dam olish kunlari G‘azo sektoridagi 426 nishonga zarba bergani ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »