Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rasmiy Tehron HAMAS jangchilarining Isroilga hujumini qo‘llab-quvvatlaydi va bu harakatlarini “bosqinchilar”ga qonuniy qarshilik deb biladi. Bu haqda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Eron davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida aytib o‘tdi.

U o‘z murojaatida “shafqatsizlikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan” va “Al-Aqso bo‘roni” operatsiyasini boshlagan falastinliklarning harakatlaridan, ya’ni kechagi Isroilga hujumidan hayratda ekanligini bildirdi.

Foto: EPA

"Albatta, Isroil va uning homiylari mintaqa davlatlarining xavfsizligiga tahdid uchun mas'uldirlar va javobgarlikka tortilishi kerak. Eron Islom Respublikasi Falastin xalqining qonuniy mudofaasini qo‘llab-quvvatlaydi”, — deya Raisiy nutqidan iqtibos keltirgan Eron davlati rasmiy OAV.

Falastin — Isroil mojarosi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar: Ayni paytda Isroil G‘azo sektori chegarasiga qo‘shinlarini to‘plamoqda. Hozirda 700 nafar isroillik va uchinchi davlat fuqarolari halok bo‘lgani, 100 kishi o‘g‘irlab ketilgani va 2000 dan ortiq kishi jarohatlangani ma’lum.

HAMAS Isroilning G‘azoga bergan havo hujumlari oqibatida 370 falastinlik halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »