Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronning BMTdagi delegatsiyasi rasmiy Tehronning HAMASʼning Isroilga qilgan hujumini rejalashtirish yoki uni amalga oshirishga aloqadorligini rad etdi. Bu haqda “Amwaj.media” agentligi yozmoqda.

“Biz Falastinni qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo Falastinning javob choralarida ishtirok etayotganimiz yo‘q, chunki bu faqat Falastinning o‘zi tomonidan amalga oshirilmoqda. Isroil o‘z muvaffaqiyatsizligini oqlashga va bunda Eronning razvedka kuchini ayblashga urinmoqda”, – degan Eronning Nyu-Yorkdagi missiyasi.

Eron rasmiylarining taʼkidlashicha, HAMAS operatsiyalarining muvaffaqiyatidan ajablanish kerak emas. Chunki bu Isroil xavfsizlik kuchlarining eng katta muvaffaqiyatsizligi bo‘lgan.

Avvalroq, rasmiy Tehron HAMAS jangchilarining Isroilga hujumini qo‘llab-quvvatlashini va bu harakatlarni “bosqinchilar”ga qonuniy qarshilik deb atagan edi.

Falastin — Isroil mojarosi bo‘yicha so‘nggi maʼlumotlar: Ayni paytda Isroil G‘azo sektori chegarasiga qo‘shinlarini to‘plamoqda. Hozirda 700 nafar isroillik va uchinchi davlat fuqarolari halok bo‘lgani, 100 kishi o‘g‘irlab ketilgani va 2000 dan ortiq kishi jarohatlangani maʼlum.

HAMAS Isroilning G‘azoga bergan havo hujumlari oqibatida 370 falastinlik halok bo‘lganini maʼlum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »