Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant G‘azo sektorini to‘liq blokadaga olishga buyruq berganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u yerga oziq-ovqat va energiya yetkazib berish to‘xtatiladi.

“Men G‘azo sektorini to‘liq blokada qilishga buyruq berdim. Elektr yo‘q, oziq-ovqat yo‘q, gaz ham yo‘q, hammasi yopiq”, — dedi Galant o‘z videomurojaatida.

Energetika vaziri Isroil Kats hukumat G‘azo sektoriga suv yetkazib berishni ham to‘xtatayotganini aytdi.

“Men Isroildan keladigan suv ta’minotini zudlik bilan to‘xtatishni buyurdim. Kecha elektr va yoqilg‘i ta’minoti uzib qo‘yilgandi”, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Foto: AP

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 7-oktyabr kuni ertalab Isroil hududiga yuzlab raketalar otilgani bilan boshlangan. G‘azo sektorida 490 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Isroil 700 dan ortiq qurbonlar haqida xabar berdi.

The New York Times gazetasining yozishicha, Isroil razvedkasi hujumga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida bilmagan, G‘arb razvedka idoralarida ham hech qanday ma’lumot bo‘lmagan. Bugun, 9-oktyabr kuni Isroil G‘azo sektori yaqinidagi shaharlar ustidan nazorat tiklanganini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »