Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Isroil bian aviaqatnovlarni to‘xtatgani yo‘q. Bu haqda O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Hozirgi kunga qadar Isroildan O‘zbekistonga uchadigan aviareyslar bekor qilingani yo‘q. Ketish istagidagilar bemalol aviachipta olib uchishlari mumkin. O‘zgarishlar to‘g‘risida xabar beriladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolaridan yaqinlari, do‘stlari yoki tanishlari yo‘qolgani, yaralangani va boshqa maʼlumotlar haqida elchixona konsullik bo‘limini o‘z vaqtida xabardor qilish so‘ralgan. Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun telefon: +972 54 485 1397

Avvalroq O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat qilgandi. Unda O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy organlar xabardor qilinmaguncha u yerni tark etmaslikni qatʼiy tavsiya qilingan.

7-oktyabr kuni kechqurun HAMAS Isroilga yangi raketa hujumlarini uyushtirdi. Oqibatda o‘nga yaqin odam jarohat oldi. Raketa bo‘laklari Tel-Avivdagi uylarga qulagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »