Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning 1-oktyabrga qadar Yer va kadastr nazorati boshqarmasi tomonidan respublika bo‘yicha jami 15 903 ta (4383,4 gektar) holatda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlangan.

Shundan:

➖3527 ta (3616,9 gektar) qishloq xo‘jaligi yerlari;

➖9589 ta (413,5 gektar) aholi punkt yerlari;

➖ 1446 ta (47,7 gektar) sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlar;

➖ 9 ta (1,5 gektar) tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar;

➖58 ta (8,7 gektar) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;

➖ 90 ta (34,0 gektar) o‘rmon fondi yerlari;

➖408 ta (34,2 gektar) suv fondi yerlar;

➖ 776 ta (227,0 gektar) zaxira yerlari hisoblanadi.

Avvalroq Toshkent Botanika bog‘ini Fanlar akademiyasi tasarrufidan chiqarilib, Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari” davlat muassasalari balansiga o‘tkazilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Mazkur qaror jamoatchilik eʼtirozlariga sabab bo‘lganidan so‘ng, Toshkent shahar hokimligi bayonot bilan chiqib, quyidagilarni ma’lum qildi.

“Botanika bog‘i istirohat bog‘i emas, u nafaqat ko‘p navli o‘simliklarni, balki shu soha mutaxassislarini ham yetishtirishga yordam beradigan ilm-fan dargohidir. U - nafaqat poytaxtning, balki butun mamlakatning durdonasidir.

Vaziyatni o‘rgangan va Botanika bog‘i mutaxassislari bilan suhbatlashgan holda, shuni maʼlum qilamizki, Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmagan va hokimlik mazkur qaror tashabbuskori emas.

Hokimlik ushbu ilmiy dargohning mamlakat ekotizimini asrash, o‘simliklar genofondini saqlash va ko‘paytirishdagi ahamiyatini eʼtirof etadi va uni istirohat bog‘iga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi”, — deyiladi hokimlik bayonotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »