Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi 4-oktyabr kuni o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida o‘ldirilgan mahalliy kriminal avtoritet Qamchi Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek)ning jinoiy imperiyasi haqida maʼlumot berdi.

Foto: kyrgyztoday.org

Razvedka xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, Ko‘lboyevning barcha aktivlari dastlabki umumiy qiymati taxminan 1 milliard dollarni tashkil etadi.

Aktivlarga quyidagilar kiradi: 850 dan ortiq ko‘chmas mulk, xususan, hashamatli uylar, kottejlar, qurilayotgan binolardagi ko‘plab kvartiralar, dam olish markazlari, pansionatlar, restoranlar, yer uchastkalari, otxonalar, ov joylari, 60 dan ortiq qimmatbaho avtomobillar, shu jumladan, zirhli buyumlar, zargarlik buyumlari va boshqa mulklar.

Shuningdek, qidiruv davomida xavfsizlik kuchlari qiymati 500 ming dollarni tashkil etuvchi oltin va olmosdan yasalgan tojni topgan.

“Bu noqonuniy aktivlarini qidirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning faqat dastlabki natijalari. Bu ish mamlakat ichida va xorijda, xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyada davom etadi. Chunki uning bu davlatlarda biznes qiziqishlari bo‘lgan”, – deya taʼkidlagan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-oktyabr kuni xalqaro jinoiy doiralarda “Kolya-qirg‘iz” nomi bilan tanilgan mahalliy kriminal avtoritet Qamchi Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek) hibsga olinishi chog‘ida o‘ldirilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »