Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 9-turida “Barselona” va “Granada” jamoalari 8-oktabr, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi. 

Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq “Granada” hisobni ochdi. Brayan Saragosa qiyinchiliksiz ter Shtegen darvozasiga yo‘l topdi. 29-daqiqada esa Saragosa dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Lamin Yamal hisobni qisqartirdi. 85-daqiqada Serji Roberto muvozanatni tikladi. Shu tariqa jamoalar durang natijaga imzo chekdi.

Xavi jamoasi 21 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.


La Liga

9-tur bahsi

8-oktabr, yakshanba

“Granada” – “Barselona” 2:2

Gollar: 1:0 – 1 Saragosa, 2:0 – 29 Saragosa, 2:1 – 45 Yamal, 2:2 – 85 Serji Roberto.

“Granada”: Andre Ferreyra, Rikard Sanches (Valexo, 84), Mikel, Neva, Rubio, Alvaro Fernandes (Torrente, 59), Saragosa, Gumbau, Vilyar (Petrovich, 59), Uzuni (Puertas, 58), Boye (Kalexon, 74).

“Barselona”: ter Stegen, Joau Kanselu, Kristensen, Kunde (Arauxo, 44), Balde, Gundo‘g‘an, Gavi, Lopes (Serji Roberto, 61), Joau Feliks, Ferran Torres, Yamal (Romeu, 76).

Ogohlantirishlar: Saragosa (66), Rubio (68), Valexo (86), Joau Kanselu (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »