Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMASning Isroilga hujumi chog‘ida sodir etgan harakatlarni ISHID tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga qiyosladi.

“HAMAS — bu ISHID. Sivilizatsiya kuchlari ISHIDni yengish uchun birlashganidek, HAMASni mag‘lub etishda ham Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashishi kerak”, — dedi Netanyaxu.

Netanyaxu, shuningdek, “HAMASning begunoh isroilliklarga qarshi qilgan vahshiy hujumlari barchani larzaga solgani”ni aytdi.

Foto: Reuters

“Isroil urushda. Biz bu urushni xohlamadik. Isroil bu urushni boshlamagan bo‘lsa ham, Isroil uni tugatadi. Bir paytlar yahudiy xalqining fuqaroligi yo‘q edi. Bir paytlar yahudiy xalqi himoyasiz edi. Endi yo‘q. HAMAS bizga hujum qilib, tarixiy xatoga yo‘l qo‘yganini tushunib yetadi.

HAMASga qarshi kurashda Isroil nafaqat o‘z xalqi uchun kurashmoqda. U vahshiylikka qarshi turgan har bir davlat uchun kurashmoqda. Isroil bu urushda g‘alaba qozonadi va Isroil g‘alaba qozonsa, butun madaniyatli dunyo g‘alaba qozonadi”, — dedi Netanyaxu o‘z chiqishida.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »