Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika Qo‘shma Shtatlari bir vaqtning o‘zida Ukraina va Isroilga yordam berish uchun yetarli resurslarga ega.

Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qilgan.

“Biz har ikki mamlakatni samarali qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli bo‘lgan resurslar, vositalar va imkoniyatlarga egamiz, deb hisoblaymiz”, — dedi u.

Foto: Reuters

Sallivan, shuningdek, AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati yaqinda Ukraina va Isroilga yordam paketini Kongress ma’qullashi uchun taqdim etishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Biroq maslahatchi bu bo‘yicha tafsilotlarga to‘xtalmadi.

Shuningdek, Jeyk Sallivan Ukrainaga yordam hozirda AQSH manfaatlariga mos kelishini, agar Rossiya bu urushda g‘alaba qozonib, Yevropaning boshqa mamlakatlariga o‘z tajovuzkorligini yoyish imkoniyatiga ega bo‘lsa, hozirgidan ko‘ra ko‘proq resurslar talab qilinishini yana bir bor ta’kidladi.

HAMAS guruhi 7-oktyabr kuni Isroilga raketa zarbalari berishni boshlaganidan keyin AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilning qo‘shimcha harbiy yordam bo‘yicha so‘rovini qanoatlantirib, bu borada qaror qabul qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »