Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlaridan jabrlangan falastinliklarning kamida 60 foizi ayollar va bolalardir. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Foto: AP

Falastin SSVning qayd etishicha, 11-oktyabr holatiga ko‘ra G‘azo sektorida Isroil armiyasining hujumidan 1055 kishi halok bo‘lgan va 5184 kishi yaralangan. G‘arbiy Sohildagi janglarda esa 23 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi yaralandi.

Yaradorlarning ahvoli haqida biror-bir ma’lumot keltirilmagan.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi raketalar hujumi 7-oktyabrdan beri davom etmoqda. HAMAS hujumlari oqibatida 1200 nafar isroillik halok bo‘ldi, Falastin tomoni esa 830 nafar qurbon haqida xabar berdi.

Kecha, 10-oktyabr kuni Isroil “to‘liq miqyosli hujum”ga o‘tganini e’lon qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »