Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil—Falastin harbiy to‘qnashuvlari chog‘ida asirga olingan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi ma’lumotlar tarqatilmoqda. Mamlakatning Isroildagi elchixonasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: EAdaily

Ma’lum qilinishicha, elchixonaga Isroil va G‘azo sektoridagi mojaro hududlarida majburan ushlab turilganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda O‘zbekiston fuqarolarini Isroilda ro‘yxatga olish tezlashtirilgan va soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat bilan elchixona Isroilda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yana bir bor murojaat qilib,  tezkor aloqa va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘zlarining istiqomat manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni diplomatik vakolatxonaning elektron manziliga jo‘natishni so‘radi.

Elchixonaning aloqa ma’lumotlari:

03-672-2466

03-672-2371

03-758-5075

03-758-5076

054-4851397

HAMAS 7-oktyabr kuni Isroilga raketa hujumlarini boshladi. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektoriga yirik zarbalar berdi. Isroil rasmiylari mamlakat urush holatida ekanini rasman e’lon qildi.

10-oktyabrga kelib, Isroil tomonida halok bo‘lganlar soni 1,2 ming kishidan oshdi, 3 mingga yaqin kishi jarohatlangan. G‘azo sektorida esa jami 950 kishi halok bo‘ldi, 5 mingga yaqin kishi jarohat oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »