Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xayp — bu nozik masala. Agar qaysidir film mashhur bo‘lib ketsa, nega undan foydalanmaslik kerak? Quyida filmlar asosida yaratilgan gadjetlar haqida gaplashamiz.

“Yulduzlar jangi” uslubidagi ustara

Panasonic “Yulduzlar jangi” filmidan ilhomlanib, ustara ishlab chiqardi. U sizni Jedi urushlaridan emas, balki yuzingizdagi soch-soqoldan himoya qiloladi xolos, lekin ustara dizayni sizga doim film haqida eslatib turadi. U o‘z vazifalarini imperator askarlariga qaraganda samaraliroq bajaradi.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

“Jon Uik” tasviri tushirilgan iPhone 15

Bunday smartfon bilan siz hammaning e’tiborida bo‘lasiz. iPhone’ dagi Jon Uikning har qanday odamning o‘ziga qaratishi mumkin bo‘lgan tasviri bilan birga, uning ko‘zlari tunda porlaydi. Endi qorong‘i ko‘cha va xiyobonlarda bemalol yurishingiz mumkin, chunki sizning oldingizda hammaning yuragiga qo‘rquv soluvchi Jon Uik bor.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

“Ninzya toshbaqalari” filmi asosidagi geympad

Bir necha oy oldin “Ninzya toshbaqalari: mutantlar” multfilmi chiqdi. Xbox esa yosh qahramonlarni yoddan chiqarmadi. Ninzya jamoasi sharafiga u qahramonlar tasvirlari tushirilgan geympadlarni chiqardi. Har biriga qo‘shimcha ravishda pitsa bo‘lagi ham bor, u qurilmaga ulanganda butun xonani o‘z hidiga to‘ldiradi.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Hid tarqatuvchi yoqa-qurilma

Bu qurilma nafaqat har qanday film uchun, balki barcha video o‘yinlar uchun ham mos keladi. Qurilmaning muhim jihati shundaki, u ekranda sodir bo‘layotgan narsalarni hidlar bilan to‘ldirishi mumkin. Uning kolleksiyasida yuzlab hidlar mavjud bo‘lib, ular maxsus patronlar yordamida uzatiladi.

Foto: Europa Plus

“Sonik filmda” uchun geympad

Sonik sharafiga geympad ham chiqarildi, bu o‘yinchilarni ko‘k kirpi o‘yinlar va multfilmlarda tez-tez mehmon bo‘lgan davrga qaytardi. Endi o‘yin tashqi qurilmalarining bir qismiga aylandi. Har bir kontroller xaridor tanlagan belgilardan birining haykalchasi bilan jihozlangan: Sonik, Naklz yoki Teylz.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »