Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamaosi 13-oktabr kuni Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Uchrashuv 19:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.

O‘rtoqlik o‘yinidan avval ikkala terma jamoa murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Osiyo o‘yinlaridan qaytishimiz bilanoq ushbu bahsga tayyorgarlik ko‘rishni boshladik. Ispaniya yoshlar terma jamoasi Yevropa chempionati saralash bosqichida ikkita o‘yin o‘tkazgan, biroq murabbiy avvalgi jamoa bilan ham ishlagan. Shunga qaramasdan ertaga eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatishimizga ishonaman.

Futbolchilar asta-sekin tiklanishmoqda, xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari jamoa sifatida o‘sishimizga yordam beradi. 

Terma jamoa libosida doimo g‘alaba qozonish shart. Ispaniyalik futbolchilar har taraflama shakllangan bo‘ladi, biroq bizning ham o‘z rejalarimiz bor.

Barcha futbolchilar asosiy tarkibga munosib, ertangi o‘yinga kim tayyor bo‘lsa, albatta, maydonga tushiramiz, Ispaniya va Misrga qarshi o‘yinlarda barcha futbolchilarga imkoniyat beriladi.

Timur Kapadze, O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi

Avvalo taklif uchun tashakkur bildirmoqchiman, ushbu bahs keskin kurashlarga boy bo'ladi, deb o‘ylayman. Bosh murabbiyingiz Timur Kapadzeni Osiyo o‘yinlaridagi ajoyib ishtirok bilan tabriklayman.

O‘zbekistonning o‘yinlarini kuzatib shunga amin bo‘ldikki, jamoa juda kuchli. Bizni qiyin sinov kutib turibdi.

Bu biz uchun Qozog‘istonga qarshi uchrashuv oldidan juda muhim o‘yin bo‘ladi. Shu boisdan ushbu bahs tashkil etildi.

Santi Denia, Ispaniya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »