Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Real” Zinedin Zidanni murabbiylik postiga qaytarish haqida o‘ylamoqda.

El Chiringuito jurnalisti Xose Alvaresning ma’lum qilishicha, madridliklar Karlo Anchelotti o‘rniga Zidanni munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Qayd etib o‘tish joiz, Zidan 2021-yil may oyida “Real”ni tark etganidan buyon birorta klubga murabbiylik qilgani yo‘q.

Klub murabbiy bilan bog‘langan. Zidanni jamoaga olib kelishdan yana bir maqsad — u “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappeni Madridga olib kela olishi. Chunki Zinedin va Kilianning aloqalari juda yaxshi. 

Zidan murabbiylik faoliyati davomida faqatgina “qaymoqranglilar”da ishlagan — 2016-yildan 2018-yilga qadar, hamda 2019-yildan 2021-yilga qadar. Fransiyalik mutaxassis “Madrid” klubi bilan 3 marta Chempionlar Ligasida, 2 marta La Ligada zafar quchgan. 

Eslatib o‘tamiz, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2024-yildan boshlab Braziliya terma jamoasini boshqaradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »