Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil harbiylari Suriyaning Damashq va Halab shaharlaridagi xalqaro aeroportlarga aviazarbalar berdi, deb yozadi The National News Suriyadagi mahalliy OAVga tayanib.

O‘z navbatida, Suriya harbiylari havo hujumidan mudofaa tizimlarini faollashtirgan. OAV maʼlumotlariga ko‘ra, har ikki aeroport ishi to‘xtab qolgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, zarbalar nishoni Livandagi “Hizbulloh” harakati uchun Erondan yetkazib berilayotgan qurollar bo‘lishi mumkin.

Foto: AP

7-oktabr kuni HAMAS G‘azo sektoridan Isroilning janubiy va markaziy hududlariga raketa hujumlari uyushtirdi.

O‘nlab falastinlik jangchilar G‘azodan yuk mashinalari va paraplanlarda Isroil hududiga kirib keldi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari “Temir qilich” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Isroil rasmiylari mamlakat urush holatida ekanligini rasman e’lon qildi.

Bir qancha davlatlar, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroil va HAMAS o‘rtasidagi jangovar harakatlar Livan yoki Suriyaga tarqalib, mintaqaviy mojaroga aylanib ketishidan xavotirda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »