Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon falastinliklarga qarshi “urush jinoyatlari”ni to‘xtatishni talab qilib, islom olamida birdamlik muhimligini ta’kidladi. Bu haqda Raisiy administratsiyasi rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Muhammad Jamshidiy ma’lum qildi.

Ikki mamlakat rahbari 45 daqiqa telefon orqali suhbatlashdi. Raisiy va Muhammad ibn Salmon Falastinga qarshi urush jinoyatlarini tugatish zarurligi haqida hamfikr ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Ular, shuningdek, “islom olami birligining muhimligini ta’kidlab, AQSH tomonidan ko‘z yumilayotgan rejim jinoyatlari halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga ishonch bildirishdi”, — dedi rasmiy vakil.

Foto: Google Images

Valiahd shahzoda mavjud vaziyatni xavotirli va xavfli deb atadi va Falastin huquqlarining buzilishi mintaqada keskinlashuv va beqarorlikka olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Ibrohim Raisiy Suriya prezidenti Bashar al-Asad bilan ham telefon orqali muloqot qilgan. Eron prezidenti “bugungi kunda dunyodagi barcha islomiy, arab davlatlari va barcha erkinlikni sevuvchi xalqlar Isroilning falastinliklarga qarshi jinoyatlarini to‘xtatish uchun jiddiy kelishuvga erishishlari va hamkorlikni kuchaytirishlari kerakligi”ni ta’kidlab, Eron bunga erishishga harakat qilayotganini ma’lum qilgan.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma‘lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida 1354 kishi halok bo‘lgan, 6049 kishi jarohatlangan. Isroilning bildirishicha, ularda qurbonlari soni 1300 nafardan oshgan, shundan 222 nafari harbiy xizmatchilar. Yana 200 ga yaqin odam garovga olingan yoki bedarak yo‘qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »