Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirg‘izistonlik hamkasbi Sadir Japarovni “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Rossiya hukumati saytida xabar berilgan.

Rossiya rahbari imzolagan farmonda taʼkidlanganidek, Japarov ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga, shuningdek, Yevrosiyo makonida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi

Qirg‘iziston prezidenti bu mukofotni Qirg‘iziston—Rossiya munosabatlari yuksak darajasining eʼtirofi sifatida qabul qilishini bildirdi.

“Men ushbu mukofotni Qirg‘iziston—Rossiya munosabatlari yuksak darajasining eʼtirofi sifatida qabul qilaman. Men YOII, MDH va KXSHT kabi birlashmalarimizning integratsion salohiyatini rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratimni ishga solishga ahd qildim”, — dedi Qirg‘iziston rahbari.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 12-oktyabr kuni Bishkekka keldi. Qirg‘izistonda ikki kunlik rasmiy tashrifi doirasida u MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi va bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »