Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Iordaniya poytaxti Ammanda Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Falastin axborot agentligi WAFA.

Uchrashuvda Mahmud Abbos Amerika tomonini G‘azo sektoriga gumanitar yo‘laklar ochishga chaqirdi, shuningdek, Isroilning anklav aholisini ko‘chirishga urinishlarini butunlay rad etishini ma’lum qildi.

“Biz barcha ijtimoiy xizmatlarning to‘xtatilishi munosabati bilan G‘azo sektorida gumanitar falokat yuz berishidan ogohlantirmoqdamiz. G‘azo sektoriga zudlik bilan gumanitar yo‘laklarni ochish kerak”, — dedi Abbos.
Foto: “TASS”

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Mahmud Abbos “Falastin xalqiga qarshi terrorizm”ni to‘xtatishga va Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga hujumlarni to‘xtatishga chaqirgan. HAMAS Isroilga hujum qilishning sabablaridan biri sifatida ushbu masjid yaqinida musulmonlar, yahudiylar va Isroil politsiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni keltirib o‘tgan.

Bugun, 13-oktyabr kuni ertalab Amnesty International inson huquqlari tashkiloti Isroilni G‘azoning 16 yillik “noqonuniy va g‘ayriinsoniy” blokadasini bekor qilishga va G‘azo sektorida elektr ta’minotini tiklashga chaqirdi.

11-oktyabr kuni G‘azo sektoridagi yagona elektr stansiyasi yoqilg‘i tugashi sababli ishlamay qoldi. Bungacha Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant 8-oktyabrdan G‘azo sektoriga elektr energiyasini, 9-oktyabrdan esa suv ta’minotini to‘xtatishni buyurgan edi.

12-oktyabr kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga keldi. Uning tashrifidan maqsad garovga olinganlarni ozod qilish masalasini hal qilish edi, ular orasida amerikaliklar ham bor edi. Entoni Blinken Tel-Avivdagi matbuot anjumanida Amerika bor ekan, Isroil hech qachon yolg‘iz qolmasligiga va’da berdi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »