Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Malayziya poytaxtida kamida 15 ming kishi Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga chiqdi, deb xabar beradi South China Morning Post (SCMP).

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, miting ishtirokchilari juma namozidan keyin Kuala-Lumpurdagi markaziy masjid atrofiga yig‘ilib, Falastinni qo‘llab-quvvatlab, Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini qoralashdi. Ular Falastin bayroqlarini ko‘tarib, shiorlar aytishdi, shuningdek, norozilik sifatida Isroil bayrog‘ini yoqib yuborishdi.

Foto: AFP

Musulmonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakat bo‘ylab masjidlarda duo o‘qildi. Miting ishtirokchilaridan biri Malayziyaning sobiq bosh vaziri Muhyiddin Yassin edi. U boshqa siyosiy arboblar qatori yig‘ilganlarga murojaat qildi.

“Qaysi siyosiy partiyadan bo‘lishimiz muhim emas, biz hamjihatmiz”, —dedi Muhyiddin Yassin.

SCMP ma’lumotlariga ko‘ra, Malayziya ko‘p yillardan beri HAMAS bilan aloqada. Xususan, Malayziya 2020-yilda tashkilotning yuqori martabali rahbarlarini qabul qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »