Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevro—2024 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlar 13-oktabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Portugaliya terma jamoasi Slovakiyaga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida zafar quchdi. Portugaliya safida Gonsalu Ramush bitta gol urgan bo‘lsa, Ronaldu dublni rasmiylashtirdi. Slokaviyada esa Lobotka hamda Gansko o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Fransiya safarda Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Kilian Mbappe hisobni ochdi. 53-daqiqada esa Mbappe dublni rasmiylashtirdi. 83-daqiqada Hartman hisobni qisqartirdi, biroq bu gol gollandlar uchun yetarli bo‘lmadi. O‘yin Fransiyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Belgiya Avstriya ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi. 

Shu tariqa, Fransiya, Portugaliya va Belgiya muddatidan avval Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevro—2024 turniri yo‘llanmasini hal qildi.


Yevro—2024 saralashi

7-tur bahslari

13-oktabr, juma

Portugaliya – Slovakiya 3:2

Gollar: 1:0 – 18 Gonsalu Ramush, 2:0 – 29 Ronaldu (penalti), 2:1 – 69 Gansko, 3:1 – 72 Ronaldu, 3:2 – 80 Lobotka.

Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu, Ruben Diash, Antoniu Silva, Diogu Dalot, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva (Ruben Nevesh, 86), Palinya (Otavio, 86), Rafael Leau (Joau Feliks, 65), Ronaldu, Gonsalu Ramush (Diogu Jota, 87).

Slovakiya: Dubravka, Pekarik (Tomich, 76), Shkrinyar, Vavro, Gansko, Kuska (Benesh, 46), Lobotka, Duda, Mak (Suslov, 46), Shrans (Dyurish, 87), Bojenik (Polievka, 65).

Ogohlantirishlar: Pekarik (31), Brunu Fernandesh (57), Duda (61), Palinya (75), Suslov (85).

Niderlandiya – Fransiya 1:2

Gollar: 0:1 – 7 Mbappe, 0:2 – 53 Mbappe, 1:2 – 83 Hartman.

Niderlandiya: Verbryuggen, Gertryuyda, van Deyk, Ake (van de Ven, 80), Hartman, Dumfris (Frimpong, 62), de Ron (Viffer, 46), Verman, Reynders, Simons (Bergveyn, 80), Vegorst (Malen, 38).

Fransiya: Menyan, Kloss (Gyusto, 80), Ernandes, Konate, Ernandes, Rabyo, Tchuameni, Koman (Jiru, 71), Grizmann (Fofana, 87), Mbappe, Kolo-Muani (Tyuram, 80).

Ogohlantirishlar: Verman (29), Dumfris (51), Tchuameni (90), Mbappe (90).

Avstriya – Belgiya 2:3

Gollar: 0:1 – 12 Lukebakio, 0:2 – 55 Lukebakio, 0:3 – 58 Lukaku, 1:3 – 72 Laymer, 2:3 – 84 Zabitser (penalti).

Avstriya: Shlager, Linxart, Danzo (Baydu, 66), Veber (Prass, 71), Laymer, Vimmer (Zabitser, 79), Shlager, Grillich, Baumgartner (Cham, 66), Zayvald, Sarkariya (Kalayjich, 66).

Belgiya: Zels, Kastan, Vertongen, Fas, Teate, Mangalya (Tilemans, 64), Onana, Lukebakio (Bakayoko, 71; Vermeren, 87), Doku (Keyta, 88), Lukaku, Openda (Karrasko, 46).

Ogohlantirishlar: Grillich (15), Mangalya (24), Onana (35), Zayvald (40), Vimmer (54), Kastan (63), Laymer (77), Lukaku (78).

Chetlatish: Onana (78).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »