Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Axios portali manbalariga ko'ra, Isroil  G‘azoda quruqlikdagi operatsiyani boshlasa, Eron urushga aralashish bilan tahdid qildi. Ogohlantirish Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazgan BMT maxsus koordinatori orqali yetkazilgan. 

Murojaatni Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyan Bayrutdagi yig‘ilishda BMTning Yaqin Sharqda tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori Tor Venneslandga yetkazdi.

Foto: Shutterstock

Shuningdek, uchrashuvda “garovga olinganlarni ozod qilish, keskinlikni yumshatish va mojaroning kengroq mintaqaga tarqalishining oldini olish bo‘yicha diplomatik saʼy-harakatlar” muhokama qilingan.

Yig‘ilishda BMTning maxsus muvofiqlashtiruvchisi Eron vaziridan mojaro kengayishining oldini olishga yordam berishni so‘ragan. Abdullohian bunga javoban Tehron mojaroning mintaqaviy urushga aylanib ketishini istamasligini va HAMAS tomonidan garovga olingan tinch aholini ozod qilishga yordam berishga harakat qilishini aytdi.

Biroq, u Eronning “qizil chiziqlari” borligini va agar Isroil quruqlikdagi operatsiyani amalga oshirsa, Tehron “javob berishga majbur bo‘lishini” ta’kidladi. Axios portali ma’lumotlariga ko‘ra, Vennesland bu xabarni Isroil Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Tsaxi Anegbiga, shuningdek, boshqa yuqori martabali amaldorlarga yetkazgan.

Agar Eron to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita, masalan, Suriyadagi guruhlar yoki Livanning Hizbulloh harakati orqali urushga aralashsa, mojaro mintaqaviy tus oladi, deyiladi Axios portali xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »