Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilda Falastinning HAMAS harakatiga qarshi jangovar harakatlar boshlanganidan keyin tuzilgan favqulodda hukumatning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv halok bo‘lgan Isroil fuqarolari va harbiy xizmatchilar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan ochildi.

“Biz kechayu kunduz, bir jamoa va birlashgan front sifatida ishlaymiz. Oramizdagi birlik millatga, dushmanga va dunyoga aniq xabar beradi. HAMAS bizni parchalanib ketadi, deb o‘ylagandi. Aksincha, biz HAMASni yo'q qilamiz", - dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.

Foto: Reuters

Shuningdek, yig'ilishda vazirlar mamlakat Mudofaa armiyasi (IDF) operatsiyasi rahbari Oded Basiukning Isroilda xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha hisobotini tingladilar.

Favqulodda hukumat tuzilishi haqida 12-oktabr kuni e’lon qilingan edi. Uning tarkibiga Benyamin Netanyaxudan tashqari muxolifat partiyasi yetakchisi Mahane Mamlaxti, Benni Gantz va mudofaa vaziri Yoav Galant kirdi. Ular jangovar harakatlarga oid barcha muhim qarorlarni qabul qiladilar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »