Isroil kontrrazvedkasi rahbari HAMAS hujumlarining oldi olinmagani uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi
Isroil Bosh xavfsizlik xizmati direktori Ronen Bar kontrrazvedka 7-oktyabr kuni HAMAS hujumini oldini ololmagani uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.
“Tashkilotni boshqarayotgan shaxs sifatida tan olaman, javobgarlik mening bo‘ynimda”, — dedi u kontrrazvedka xodimlariga yo‘llagan maktubida.
Ronen Bar maktubida barcha profilaktika choralariga qaramay, kontrrazvedka xizmati ushbu hujumning oldini olishga muvaffaq bo‘lmaganini ta'kidladi.
7oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 06:30 da HAMAS jangchilari G‘azo sektoridan Isroilga 2,5 mingdan 5 minggacha raketa otgan, so‘ngra mamlakatning chegara hududlariga kirib, yuzlab odamlarni garovga olgan. Bunga javoban Isroil harbiy operatsiyani boshlab yubordi va G‘azo sektoriga ketma-ket raketa zarblari bermoqda.