Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Reuters agentligi bugun mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan boshlab G‘azo sektori janubida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha uch tomonlama (Isroil, Misr va AQSH) kelishuv kuchga kirishi haqida xabar bergandi. Isroil bu xabarlarni rad etdi.

“Hech qanday kelishuv yo‘q”, — deya xabar berdi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi.

Foto: Dw.com

 Reuters agentligi o‘z xabarini Misr razvedka xizmatlaridagi ikki manbaga tayanib tarqatgan edi. Ularga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish bilan bir vaqtda G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi Rafah chegara punkti ochilishi kerak edi.

Isroil armiyasi bu borada hech qanday izoh bermadi. AQSHning Isroildagi elchixonasi esa Reuters agentligiga bergan izohida, Rafahdagi vaziyat “beqaror va oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada qolayotgani, sayohatchilar nazorat punktidan o‘tishi mumkinmi yoki yo‘qmi — noma’lum ekani”ni bildirib o‘tgan.

Elchixona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘zini yetarli darajada xavfsiz his qilgan fuqarolar chegaradagi nazorat punktidan o‘tishlari mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »