Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan birga Isroilga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Biroq, Ynet yozishicha, Isroil tomoni hozirda Ukraina prezidentining tashrifi bevaqt bo‘lishini ma’lum qilgan.

Entoni Blinkenning Yaqin Sharqqa tashrifi Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishga qaratilgan edi. Ynet saytining yozishicha, Vladimir Zelenskiy Amerika delegatsiyasiga qo‘shilishni rejalashtirgan, biroq yakunda uning safari amalga oshmagan.

Foto: Reuters

Saytning qayd etishicha, hozirgi rad etish “Zelenskiy Isroilga umuman kelmasligini anglatmaydi”. Bunday tashrif keyinroq amalga oshishi va Ukraina prezidentining Yevropa davlatlariga keyingi safarlaridan biri bilan birlashtirilishi mumkin.

AQSH davlat kotibining Yaqin Sharq bo‘ylab safari 12-oktyabr kuni Isroilga tashrif bilan boshlandi. Keyin Iordaniyaga yetib keldi va u yerdan Qatarga yo‘l oldi. Shundan keyin Blinken Bahrayn va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasidagi urush 7-oktyabrdan beri davom etmoqda. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 2,7 ming kishiga, Isroilda esa 1,3 ming kishiga yetgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »