Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir vaqtlar kuz fasli kelishi bilan odamlar sovuq kunlar uchun oziq-ovqat g‘amlab olish payiga tushishgan. Hozirda esa bunga ehtiyoj qolmagan, ammo ayrim narsalar, misol uchun, kuz fasliga xos bo‘lgan tushkunlik kayfiyatini texnologik imkoniyatlar bilan yengish oson va yoqimliroq ekanligini unutmaslik foydali bo‘ladi. Shu boisdan ham kuz faslida kunlaringiz yanada yoqimli bo‘lishiga yordam beradigan bir nechta ajoyib gadjetlar to‘plamini tayyorlab qo‘ydik.

Foto: “Yevropa plyus”
 

Opus One Jonas smart soyaboni

Foto: “Yevropa plyus”
 

Kuz faslida yomg‘irdan himoyalanish uchun juda kerakli buyum. Biroq bu aqlli yomg‘irpo‘shning sizga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan yagona imkoniyati emas. Birinchidan, ushbu ajoyib buyum telefonga ulanadi va uni biror yerda unutib qoldirsangiz, telefoningiz bu haqda sizga darrov eslatadi. Ikkinchidan, yomg‘irpo‘sh tutqichdagi indikator yordamida ob-havoga oid maʼlumotlarni ham taqdim etadi. Ha, aytganday, u juda chiroyli va zamonaviy ko‘rinishga ega.

ZMI brendidan qizdiruvchi poverbank

Foto: “Yevropa plyus”
 

Endilikda ixchamgina quvvatlash qurilmasi nafaqat smartfoningiz, balki qo‘llaringiz haqida ham qayg‘uradi. Undan ishga ketayotgan, sayr qilayotgan vaqtingizda yoki isitish tizimi hali to‘liq ishga tushmagan holatlarda uyda bo‘lganingizda ham foydalanishingiz mumkin. Ishontirib aytamizki, devays sizga yoqib tushadi. Poverbankning quvvatini smartfon uchun ham qoldirishni unutmang.

Sensoreeʼdan GER “kayfiyat” sviteri

Foto: “Yevropa plyus”
 

Baʼzan kayfiyat bo‘lmagan vaqtlarda hech kim bilan gaplashgingiz kelmaydi, oddiygina “Salom” degan so‘zning o‘zi ham asablaringizni tarang holatga keltiradi. Tanish vaziyat, to‘g‘rimi? Unday bo‘lsa, ushbu sviter sizga juda mos keladi. Ortiqcha gap-so‘z o‘zingiz va atrofdagilarga zarar yetkazmasligi uchun sviterni kiyib olsangiz kifoya. Nima ham derdik, kuzgi kayfiyat shunday-da.

Grado Zero Espaceʼdan yenglari uzayadigan smart ko‘ylak

Foto: “Yevropa plyus”
 
Foto: “Yevropa plyus”
 

Havo harorati sovib ketgan vaqtda ham sevimli ko‘ylagidan ayrilishni istamaydigan odamlar uchun ajoyib topilma. Albatta, ushbu zamonaviy libos oktyabr oyining barcha injiqliklariga bardosh bera olmaydi. Ammo uning sizga yordami tegishi shubhasiz. Gap shundaki, ko‘ylak havo haroratiga nisbatan taʼsirchan materialdan tayyorlangan. U harorat o‘zgarishiga qarab qabul qilingan maʼlumotlar asosida yenglarni uzaytirib yoki kaltalatib beradi.

Xiaomiʼdan “aqlli” aromatizator

Foto: “Yevropa plyus”
 

Tashqaridan bir quchoq gul yig‘ib kelish, hattoki derazalarni ochish ham imkonsiz bo‘lgan faslda Xiaomi vaziyatdan chiqishga yordam beradi. Mijia Smart Fragrance Machine qurilmasi uy ichidagi musaffolik va yoqimli hidni saqlashga ko‘maklashadi. Bunga qo‘shimcha ravishda ajoyib tunchiroq vazifasini ham o‘taydi.

Ishda mizg‘ib olish uchun ATEX So.dan yostiqcha

Foto: “Yevropa plyus”
 

Tan olish kerak, baʼzan ishda mizg‘ib olishni hammamiz xohlaymiz. Ammo buning noqulay tomonlari juda ko‘p: baʼzida peshonangiz og‘rib qoladi, baʼzida qo‘llaringiz uvishadi. Xavotirlanmang, ushbu muammoning yechimi mavjud. Har qalay, ATEX So. kompaniyasi aynan shunday fikrda va u ishda mizg‘ib olish uchun maxsus gadjet taqdim etdi. Agar rahbaringiz gadjetni ko‘rib, uning nima ekanligini so‘rasa, hazil tariqasida maxfiy ishlanmani sinovdan o‘tkazayotganingiz haqida aytishingiz mumkin.

Bigscreen Beyond VR ko‘zoynaklari

Foto: “Yevropa plyus”
 

Ayni vaqtda butunlay boshqa joyda bo‘lib qolishni kim ham xohlamaydi deysiz? Uzoq o‘lkadagi plyaj yoki yovvoyi o‘rmonda paydo bo‘lib qolishga yo‘q demasdingiz, to‘g‘rimi? Bu borada sizga Bigscreenʼdan VR ko‘zoynaklari yordam beradi. Ko‘zoynak ko‘p joy egallamaydi, u sizga tuhfa etadigan taassurotlar esa boshqa qurilmalarnikidan qolishmaydi. Kuzning zerikarli oqshomlari uchun ayni muddao.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »