Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

16-oktyabr kuni kechqurun Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning Yaqin Sharqdagi mojaro keskinlashuviga oid rezolyutsiya loyihasini rad etdi.

Foto: Getty Images

Yig‘ilishda Rossiya va Braziliyaning ikki raqobatchi loyihasi ovozga qo‘yilishi kerak edi. Loyihalar taqdim etilishidan oldin yig‘ilish to‘xtatildi — Birlashgan Arab Amirliklari doimiy vakilining iltimosiga ko‘ra, Xavfsizlik kengashining 15 nafar a’zosi yopiq eshiklar ortidagi qo‘shimcha maslahatlashuvlar uchun chiqib ketdi.

Rossiya tomonidan taklif qilingan loyihada “gumanitar otashkesim” va G‘azo sektoridagi garovga olingan isroilliklarni ozod qilishga chaqirilgan, biroq HAMAS guruhining hujumi to‘g‘ridan to‘g‘ri qoralanmagan. BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qilayotgan Braziliyaning rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berish 17-oktyabr oqshomiga qoldirildi.

Xavfsizlik kengashidagi kelishmovchiliklar

Rossiya rezolyutsiyasi kengashning 15 a’zosidan atigi beshtasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi; rezolyutsiyani qabul qilish uchun zarur bo‘lgan minimal miqdor — to‘qqizta ovoz, bundan tashqari, unga hech kim veto qo‘ymasligi kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, maslahatlashuvlardan so‘ng Braziliya o‘z matnini to‘g‘rilagan, o‘zgarishlarni Buyuk Britaniya, Fransiya va BAA talab qilgan. Biroq Braziliya loyihasining qabul qilinishi ham so‘roq ostida.

Diplomatik doiralarga ko‘ra, Rossiya taklif qilgan hujjat zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiradi va tinch aholiga qarshi qaratilgan har qanday zo‘ravonlik va harbiy harakatlarni, shuningdek, barcha “terrorizm aktlarini qat’iy qoralashni” o‘z ichiga oladi, unda HAMAS haqida gapirilmagan.

O‘z navbatida, Braziliya rezolyutsiya loyihasi “gumanitar pauza”ga chaqiradi, zo‘ravonlik, tinch aholiga qarshi harbiy harakatlarni, shuningdek, “HAMAS hujumlarini” qoralaydi. Shu bilan birga, Braziliya taklifi nomi ochiq aytilmagan Isroilni G‘azo sektori shimolidan tinch aholini evakuatsiya qilish talabini bekor etishga chaqiradi.

O‘tgan hafta oxirida, 7 va 8-oktyabr kunlari HAMASning Isroilga hujumidan so‘ng chaqirilgan BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi HAMAS harakatlarini qoralamagan holda yakunlandi. Keyinroq, 13-oktyabr kuni Xavfsizlik kengashi ikkinchi majlisini yopiq eshiklar ortida o‘tkazdi, biroq yagona yondashuvni ishlab chiqa olmadi.

BMT bosh kotibi G‘azo sektorida evakuatsiyani imkonsiz deb hisoblaydi

Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning G‘azo sektoridan tinch aholini 24-soat ichida evakuatsiya qilish talabini imkonsiz deb atagandi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining fikricha, bunday qadamni talab qilish oqibatlari humanitar falokatga olib kelishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »