Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Disney muhandislari “Vall-I” multfilmining bosh qahramoniga o‘xshash ikki oyoqli robot yaratdi. Ixtironing videosi jamoaning YouTube kanaliga joylandi.

Foto: “Pravila jizni”

Robot yurishi, raqsga tushishi va muvozanatni saqlashi mumkin. U bu harakatlarni his-tuyg‘ularni ifodalash bilan amalga oshirishga qodir. Qurilma atrofdagi insonlarning harakatiga ham reaksiya bildiradi.

Disney muhandislari ushbu androidning yaratilishini kinokompaniya uchun muhim texnologik yutuq deb atadi. Android turli harakatlarni bajarishga o‘rgatiladi va buni o‘z xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi.

“Odatda, animatsiya vositalarida fizika mavjud emas. Shu sababli, rassomlar uchun haqiqiy dunyoda ishlay oladigan animatsiya yaratish qiyin”, — deya jamoa muhandislaridan birining so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Yangi Android Disney’ga o‘z multfilmlari uchun robot qahramonlarini tezroq, yillar emas, balki oylar ichida yaratishga imkon beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »