Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Mudofaa kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Gertsi Halevi HAMAS harakati bilan urush uzoq va qiyin bo‘ladi, deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, 7-oktyabr kuni HAMASning zarbasidan so‘ng Isroil harbiylari tashabbusni o‘z qo‘liga olgan.

“Urush og‘ir va uzoq davom etadi va Isroil unda g‘alaba qozonadi”, — dedi Gertsi Halevi Isroil armiyasiga yo‘llagan murojaatida.

Foto: AFP

“Biz dushmanning infratuzilmasi va rahbariyatiga zarar yetkazdik, u katta yo‘qotishlarga uchradi. Biz zarba qabul qildik va buning uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz, ammo endi tashabbus o‘z qo‘limizda”, — deyiladi murojaatda.

7-oktyabr kuni ertalab HAMAS jangchilarning Isroil hududlariga hujumi bilan boshlangan urush o‘n kundan beri davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shu vaqt ichida Isroilda 1,4 ming kishi, G‘azo sektorida esa 3 mingdan oshiq odam halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »