Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

7-oktyabr kuni Falastinning HAMAS guruhining Isroilga uyushtirgan hujumi 2001-yil 11-sentyabrda AQSHda sodir etilgan terrorchilik hujumlaridan ko‘ra ancha katta falokat bo‘ldi.

Bunday fikrni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Germaniya kansleri Olaf Shols bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida bildirdi.

U yana bir bor HAMAS harakatlarini natsistlar va “Islomiy davlat” tashkiloti terrorchilarining jinoyatlari bilan taqqosladi va HAMASning asosiy maqsadi “iloji boricha ko‘proq yahudiylarni o‘ldirish” degan fikrni bildirdi.

“Iloji bo‘lsa, ular har birimizni o‘ldirishardi. Buning imkoni yo‘q, lekin ular juda ko‘p insonni — 1300 tinch aholini o‘ldirishdi. Buni 11-sentyabr voqealari bilan solishtirish mumkin”, — deydi Netanyaxu. .

“Shunday ekan, aniqki, biz HAMASni mag‘lub etish choralarini ko‘rishimiz va bu qayta takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Lekin bu nafaqat bizning jangimiz, bu umumiy jang. Sivilizatsiyaning vahshiylikka qarshi kurashi”, — dedi Isroil bosh vaziri.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »