Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevro—2024 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlar 17-oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Angliya Londonda Italiyani qabul qildi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Janluka Skamakka mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim 1:1 hisobi bilan yakunlandi. 

Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar faolroq harakat qildi. 57-daqiqada Markus Reshford o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 77-daqiqada Keyn dubl muallifiga aylandi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Angliya g‘alaba qozondi.

Qozog‘iston Finlyandiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Robert Teylor hisobni ochdi. 77-daqiqada Baxtiyar Zaynutdinov penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. 89-daqiqada Zaynutdinov dublni rasmiylashtirib, Qozog‘istonning g‘alabasiga hissa qo‘shdi. 

Ukraina Malta ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Daniya safarda San-Marino ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.


Yevro—2024 saralashi

8-tur bahslari

17-oktabr, seshanba

Angliya – Italiya 3:1

Gollar: 0:1 – 15 Skamakka, 1:1 – 32 Keyn (penalti), 2:1 – 57 Reshford, 3:1 – 77 Keyn.

Angliya: Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz (Gexi, 63), Trippyer, Fillips (Henderson, 70), Rays, Foden, Bellinghem (Grilish, 85), Keyn, Reshford.

Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Acherbi (Bastoni, 63), Skalvini, Udoji (Dimarko, 63), Orsolini, Kristante, Barella, Frattezi, ash-Shaaravi, Berardi (Raspadori, 78), Skamakka (Kin, 63).

Ogohlantirishlar: Fillips (9), Udoji (10), Di Lorenso (30), Skalvini (65).

Finlyandiya – Qozog‘iston 1:2

Gollar: 1:0 – 28 Teylor, 1:1 – 77 Zaynutdinov (penalti), 1:2 – 89 Zaynutdinov.

Malta – Ukraina 1:3

Gollar: 1:0 – 12 Mbong, 1:1 – 38 Kamenzuli (avotogol), 1:2 – 43 Dovbik (penalti), 1:3 – 85 Mudrik.

San-Marino – Daniya 1:2

Gollar: 0:1 – 42 Heylund, 1:1 – 61 Golinuchchi, 1:2 – 70 Poulsen.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »