Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaqin Sharq mintaqasi porox to‘ldirilgan bochkaga o‘xshash holatda, portlash sodir bo‘lishi va vaziyat nazoratdan chiqib ketishi ehtimoli bor, bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Hussayn Amir Abdullohiyyan Jiddadan jo‘nab ketish oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Jiddada Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda Isroil—Falastin mojarosi muhokama qilindi.

Foto: “RIA Novosti”

“Mintaqa porox to‘ldirilgan bochkaga o‘xshash holatda, portlash sodir bo‘lishi va vaziyat nazoratdan chiqib ketishi ehtimoli bor. Biz G‘azo aholisiga qarshi urush jinoyatlariga imkon qadar tezroq chek qo‘yilishiga umid qilamiz”, — dedi Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari.

Amir Abdullohiyyan Falastin—Isroil mojarosining kuchayishi fonida AQSH prezidenti Jo Baydenning Isroilga tashrifi yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qoralanganini ma’lum qildi.

Isroil tomoni va AQSHning G‘azo sektoridagi kasalxonaga raketa zarbasi urilishida Falastin qarshilik kuchlari aybdorligi haqidagi bayonotni esa kulgili deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »