Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa kuchlari Livan janubida eronlik general, “Al-Quds” maxsus kuchlari sobiq qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy xotirasiga qurilgan yodgorlikka aviazarba berdi. Bu haqda Al-Mayadeen telekanali xabar bermoqda.

Foto: dpa

Yodgorlikka hujum haqida Jerusalem Post ham yozdi. Gazeta qayd etishicha, biroz avval Isroil armiyasi Livan bilan chegaradagi “Hizbulloh” nishonlariga zarba berayotganini e’lon qilgan.

Isroil armiyasining Telegram-kanalida aniqlik kiritishicha, tunda “Hizbulloh” kuzatuv punkti vayron qilingan: guruh jangchilari ushbu punktdan Isroilning Rosh-Hanikra viloyati yo‘nalishida raketalar otishda foydalangani aytilmoqda.

Generalning o‘ldirilishi

General-mayor, Islom inqilobi posbonlari korpusining “Al-Quds” kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy 2020-yil 3-yanvar kuni Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqiniga berilgan raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgandi.

O‘sha kuni AQSH prezidenti (o‘sha paytda) Donald Tramp bu Amerika maxsus operatsiyasi bo‘lganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sulaymoniy Eronda ko‘p sonli namoyishchilarning o‘ldirilishida ishtirok etgan, shuningdek, uzoq vaqt davomida “minglab amerikaliklarni o‘ldirgan yoki yaralagan” va “bundan ham ko‘proq odamlarni o‘ldirishni rejalashtirgan”.

Eron 8-yanvardagi hujumga javoban Iroqdagi Amerika bazalarini o‘qqa tutdi; Vashington hujumda harbiy xizmatchilaridan hech biri halok bo‘lmaganini ta’kidladi. Shu kuni Eron havo mudofaa tizimlari Tehrondan Kiyevga uchayotgan Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyotini urib tushirdi. Eron rasmiylari dastlab halokatga aloqadorligini rad etdi, biroq keyinchalik samolyot xatolik tufayli urib tushirilganini tan oldi – operator Boeingni qanotli raketa deb adashgan. Aviahalokatda 176 kishi vafot etdi.

Eron HAMASni qo‘llab-quvvatlamoqda

Falastinning HAMAS harakati Isroilga hujum qilgan 7-oktyabrdan beri “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasida faol otishma davom etmoqda. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu HAMASni yo‘q qilishga va’da berdi, Isroil armiyasi G‘azo sektorini bombardimon qila boshladi.

Mojaro boshlanganidan keyin Eron HAMASni qo‘llab-quvvatladi. Tehron shuningdek, agar Isroil “Eronga, uning manfaatlari va fuqarolariga hujum qilishga jur’at etsa” urushga aralashishi mumkinligini bildirdi. Eron tomoni Isroil armiyasining G‘azo sektorida rejalashtirgan quruqlik operatsiyasini qo‘pol xato va qizil chiziq deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »