Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Lionel Messi MLS tarixidagi rekord shartnomani imzolagan.

Argentinalik hujumchi iyul oyida “Inter Mayami” safiga o‘tgandi. MLS futbolchilar assotsiatsiyasi tasdiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, Messi liga tarixidagi eng yuqori maoshni oladi.

Futbolchining bazoviy maoshi yiliga 12 million dollarni tashkil etadi, shuningdek, kafolatlangan kompensatsiya esa 20,4 million bo‘ladi. 

Qayd etib o‘tish joiz, bu narxlar ichiga Adidas va Apple TV beradigan to‘lovlar kirmaydi — ular ham hisobga olinsa, Messi yiliga 50-60 million dollar oladi.

Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni “Toronto” yarim himoyachisi Lorenso Insinye egallab turibdi. Uning maoshi 7,5 million dollar, kafolatlangan kompensatsiya esa — 15,4 million dollar. Uchinchi o‘rinda Jerdan Shakiri (“Chikago Fayr”) joy olgan. Shveysariyalik futbolchining maoshi 7,35 million dollar/8,153 million dollarni tashkil etadi.

Serxio Buskets (“Inter Mayami”) maoshi 1,5 million dollar, uning jamoadoshi Xordi Alba esa yiliga 1,25 million dollar oladi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »