Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Asaka tumani hokimini ishdan oldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Begzod Ummatov
Foto: AOKA

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati hokimi qaroriga asosan Asaka tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Begzod Ummatov vazifasidan ozod etildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Nasibillo Mo‘minov Asaka tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.

Tumanning sobiq hokimi Begzod Ummatov mehnat faoliyati davomida davlat boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda ishlagan. Jumladan, 2004—2010-yillarda bank sohasida ishlagan, 2011-yildan Raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2017—2019-yillar davomida Vazirlar Mahkamasida ishlagan.

Ummatov 2019-yilning fevral oyidan 2022-yil oktyabr oyiga qadar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. 2022-yil oktyabr oyidan hozirga qadar Asaka tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »