Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda avtomobilning old kapoti hamda yon tomon ustunlariga qora rangli qoplama yopishtirganligi natijasida YPX xodimlari tomonidan jarima jazosi qo‘llanilib, mashina vaqtincha ushlab turilgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Adliya vazirligi bu qonunchilik normalariga zid ekanini bildirdi.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari haydovchini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan huqubuzarlik, ya’ni tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasini boshqargan deb topib, jarimaga tortgan.

Adliya vazirligi mazkur holatda xodimlarning fuqaroga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llash bilan bog‘liq harakatlari qonunchilik normalariga zid hisobladi va buni izohlab berdi.

Unga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi uchinchi qismida haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi uchun javobgarlik belgilangan.

Avtotransport vositalarini qayta jihozlash bilan bog‘liq masalalar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizomning 26-ilovasiga muvofiq Avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma pasportida ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur pasportning 12-bandida avtotransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati ko‘rsatilgan bo‘lib, mazkur ro‘yxatda avtotransportning kapot yoki boshqa qismlari rangi o‘zgartirilishi nazarda tutilmagan va bu holat uchun ruxsatnoma talab qilinishi belgilanmagan.

Konstitutsiyaning 20 va 55-moddalariga ko‘ra davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.

Shunga ko‘ra, Adliya vazirligi kelgusida yuqoridagi holatlarni oldini olish maqsadida 2023-yil 17-oktyabrda IIVga taqdimnoma kiritdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »