Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BAAning Abu-Dabi shahrida 21-oktyabr, shanba kuni  UFC 294 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda ishtirok etgan sportchilarning qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi.

UFC 294 turnirida eng katta gonorar Islom Maxachevga berildi. Kechaning asosiy jangida Volkanovskini mag‘lub etgan Maxachev 1,79 million dollar miqdorida gonorar oldi. Ushbu pullarning 750 ming dollari ishtirok uchun, 100 ming dollari g‘alaba uchun, 850 mingi translyatsiyalarda kelgan daromad, 50 ming dollari eng yaxshi jang uchun bonus, 42 ming dollar esa homiylar to‘lovi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Aleksandr Volkanovski esa 1,58 million dollar (750 ming — jang uchun, 800 ming — translyatsiyalar sotuvidan tushgan mablag‘, 32 ming — homiylar to‘lovi) gonorar oldi.

Shuningdek, Kamaru Usmon ustidan g‘alaba qozongan Hamzat Chimayev 865 ming dollarga ega chiqdi. Usmon esa 1,02 million dollar gonorar sohibiga aylandi. 

UFC 294 da eng ko‘p gonorar olgan sportchilar:

  • Islom Maxachev — 1 790 000 dollar
  • Aleksandr Volkanovski — 1 582 000 dollar
  • Kamaru Usmon — 1 020 000 dollar
  • Hamzat Chimayev — 865 000 dollar
  • Magomed Ankalayev — 225 000 dollar
  • Said Nurmagomedov — 205 000 dollar
  • Jonni Uoker — 160 000 dollar
  • Tim Elliott — 160 000 dollar
  • Vorli Alves — 120 000 dollar
  • Ikram Aliskerov — 99 000 dollar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »