Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron havo mudofaasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida Karrar jangovar dronini takomillashtirilgan versiyasini sinovdan o‘tkazdi.

Endilikda dron “Majid” deb nomlangan qisqa masofaga uchuvchi “havo-havo” raketasi bilan jihozlandi, dedi Eron armiyasi shtabi boshlig‘i va havo mudofaasi kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari, brigada generali Muhammad Yusuf Xoshqalb ISNA nashriga bergan intervyusida.

Foto:  Defence-ua.com
Karrar birinchi marta armiyamizda o‘n yil oldin ishlatilishni boshlagan. Biz uning taktik va texnik xususiyatlarini yaxshilashga, oldingi modellarga nisbatan qurollanishini oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Tezlik, parvoz masofasi, maksimal balandlik oshirildi. Karrar endi “havo-havo” raketalarini tashishga qodir, — deya qo‘shimcha qildi u.

Modernizatsiyadan oldin dronning parvoz masofasi 1 ming km, tezligi 900 km/soat, yuk ko‘tarish qobiliyati 500 kg, uchish balandligi 7,5-12 km bo‘lgan. Takomillashtirilgan dronning yangi xususiyatlari taqdim etilmagan. Faqat endilikda uning parvoz balandligi 15 km gacha yetgani ko‘rsatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »