Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 23-oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Navbahor” o‘z maydonida “Nassaji Mozandaron”ga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Rizo Ozodi himoyachilarning qo‘pol xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda esa Eron klubi bir kishi kam bo‘lib qoldi. 52-daqiqada Saber Hardani Boltaboyevga nisbatan qo‘pol harakat qildi va qizil kartochka oldi. 74-daqiqada esa Oston O‘runov Jamshid Iskanderovning uzatmasidan so‘ng ajoyib harakatlar bilan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yin oxirida esa O‘runov raqib jarima maydoniga kirib borib, to‘pni markazga oshirdi. To‘p esa Mehrdad Abdiga tegib, darvozadan joy oldi.

Shu tariqa o‘yinda 2:1 hisobida namanganliklar g‘alaba qozondi.

“Nasaf” esa safarda “Sharja” mehmoni bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida Kayo Fernandesh tomonidan urilgan gol yagonaligicha qoldi va BAA klubiga g‘alaba keltirdi. Qayd etib o‘tish joiz, 104-daqiqada Azizbek Amonov penaltini aniq amalga oshirolmadi.


OCHL

3-tur bahslari

23-oktyabr, dushanba

“Navbahor” – “Nassaji Mozandaron” 2:1

Gollar: 0:1 — 44 Rizo Ozodi, 1:1 — 74 Oston O‘runov, 2:1 — 90+7 Mehrdad Abdi.

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Azimjon Ahmedov (7. Oston O‘runov, 46), 5. Milosh Milovich, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 10. Jamshid Iskanderov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Abror Ismoilov, 19. Doniyor Abdumannopov (77. Asadbek Sobirjonov, 62), 21. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 22. Igor Golban.

“Nassaji Mozandaron”: 1. Rashid Mazaheri, 3. Vohid Muhammadzoda, 4. Amirmahdi Janmaleki, 5. Said Beigi, 8. Farshid Ismoili (14. Ali Davron, 65), 9. Muhammadrizo Ozodi, 11. Mahmud Haydarahmati (6. Mehrdod Abdihanan, 24), 32. Saber Hardani, 77. Muhammad Husseyni, 88. Ismoil Boboi (20. Ahmad Musavi, 65), 96. Muhammadrizo Abbosi (22. Xose Antonio Vilyar, 82).

Ogohlantirishlar: Azimjon Ahmedov (7), Igor Golban (27), Muhammadrizo Azadi (87).

Chetlatish: Saber Hardani (52).

“Sharja” – “Nasaf” 1:0

Gollar: 1:0 — 45+5 Fernandesh.

“Sharja”: 40. Adel Alhosani, 3. Alhsan Alhenavi (15. Abdulaziz Alkaabi, 51), 7. Kayo Fernandesh, 10. Mirolim Pyanich, 18. Abdalla Alalavi, 19. Holid Ibrohim (8. Muhammad Abdulbosit, 57), 24. Majid Rashid, 30. Usmon Kamara, 44. Konstantinos Manolas (17. Dhari Fahad, 67), 88. Majid Hassan, 91. Mussa Marega.

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 5. G‘olib G‘aybullayev (17. Suhrob Nurulloyev, 78), 7. Akmal Mozogovoy, 18. Bahrom Abdurahimov (77. Oybek Bozorov, 46), 19. Mateus Lima Kruz (10. Andres Chavez, 78), 21. Doniyor Narzullayev (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 34. Sherzod Nasrullayev, 70. Jambuli Jigauri, 88. Marko Stanoyevich (99. Azizbek Amonov, 58), 92. Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Majid Hassan (11), Sherzod Nasrullayev (41), Zafarmurod Abdirahmatov (90).

Chetlatish: Majid Hassan (90+2).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »