Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oktyabr boshida tarmoqlarda Ai-80 benzini narxining oshishi haqida xabarlar tarqalgan edi. “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati bu xabarlarni asossiz deb, jamiyatga tegishli AYQSHlarda narxlar o‘zgarishsiz qolishi aytilgandi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Ai-80 benzini sotib olish bo‘yicha cheklov o‘rnatilmaganini ma’lum qilgandi.

Qayd etilishicha, birja savdolarida benzinning 80 foizi 1 tn lotlarda, qolgan qismida vagon normasida (60 va 55 tn) sotilmoqda va bugungi kunda birja savdolarida Ai-80 benzinini sotib olish bo‘yicha cheklov o‘rnatilmagan.

Davlat xaridlari ishtirokchilari uyushmasi “Daryo”ga bergan izohida Raqobat qo‘mitasi tomonidan Ai-80 avtomobil yonilg‘isiga limit joriy qilinganli mahsulot narxining sunʼiy oshirilishiga olib kelayotganini bildirdi.

“Hozirgi kunga qadar 1 savdo kunida barcha viloyatlarda joylashgan o‘rtacha 30-34 ta xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalari yonilg‘i sotib olishar edi. Viloyatlarda 30 ta xususiy AYQSHlar benzin savdosi bilan shug‘ullanayotgan vaqtda limit joriy etilganidan so‘ng sotib oluvchilar soni 2 barobarga, yaʼni 30 tadan 15 tagacha qisqardi. Bu esa benzin narxining ko‘tarilishiga va isteʼmolchilarga noqulayliklar tug‘dirilishiga sabab bo‘ldi. Qolgan AYQSHlar esa benzin sotib olisholmaydi. Kuniga 150 tn benzin savdosi bo‘layotgani va bir xarid miqdori 10 tn ligini inobatga oladigan bo‘lsak, faqatgina 15 ta AYQSHlar xarid qila oladi. Qolganlarga esa benzin yetmaydi”, — deyiladi uyushma axborotida.

Taʼkidlanishicha, bu o‘z o‘rnida savdo ishtirokchilari tomonidan mahsulot narxining sunʼiy oshirilishiga olib kelmoqda.

“Buning oqibatida benzin yetmagan AYQSH yopilishi kuzatiladi va birjadan benzin sotib olishga erishgan AYQSHlar oldida uzundan uzoq navbatlar paydo bo‘ladi. Avval hech qanday limit bo‘lmagani sababli barcha AYQSHlar o‘ziga kerak bo‘lgan miqdordagina sotib olishardi. Bu miqdor odatta 4 tonnani tashkil etadi”, — deyiladi uyushma izohida.

Qo‘shimcha qilinishicha, bu miqdor 1 benzin tashuvchi mashina o‘ziga ko‘pi bilan 4 tonna sig‘dira olishiga bog‘liq.

Antimonopoliya izohi

Agar avgust oyida jami kunlik 2,8 ming tn mahsulot qo‘yilgan bo‘lsa, oktyabr oyida esa o‘rtacha 3,2 ming tn dan savdoga chiqarilmoqda, ya’ni taklif 14 foizga oshirilgan, bu esa ko‘proq xaridorlarga mahsulotni olishga imkoniyat yaratadi.

Benzinga talabning mavsumiyligi hamda narxlarning yuqori darajada volatilligini hisobga olgan holda qo‘mitaga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq narxlarni barqarorlashtirish maqsadida bir savdoda mahsulot xarid qilinishining maksimal miqdorini belgilash vakolati berilgan va ushbu chora mahsulotga talabning oshishi davrida bir necha yildan buyon bozor muvozanatini baraqarorlashtirish uchun davlat tomonidan qo‘llab kelinadigan nomonetar vosita hisoblanadi.

Bundan kelib chiqib, 2023-yilning avgust oyida benzin narxlarining oshishi natijasida mahsulot xarid qilinishining maksimal miqdori 5 tn etib belgilangan edi. O‘z navbatida, ushbu choralar hamda taklifning oshirilishi joriy yilning sentyabr oyi oxirida hamda oktyabr oyining birinchi yarmida birja savdolarida benzin narxlarining 10 foizgacha pasayishiga va bir muncha barqarorlashishiga olib keldi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shuningdek, jahon bozorlaridagi yuzaga kelgan salbiy tendensiyalardan (neft narxlarining oshishi, benzin eksportiga o‘rnatilgan cheklovlar) kelib chiqib import narxlarining ichki bozorga ta’sirini yumshatish maqsadida 17-oktyabrdan mahsulot xarid qilinishining maksimal miqdori 10 tn gacha oshirildi.

Bugungi kunda respublikadagi ikki mingdan ortiq AYQSHlarning 99 foizida Ai-80 benzini 6800 so‘mgacha bo‘lgan barqaror narxlarda sotilmoqda.

Qo‘mitaning bildirishicha, 19-oktyabr kuni Energetika vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Soliq qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “Sanoat energetika guruhi” MCHJ XK, “O‘zRTXB” AJ hamda “O‘zenergoinspeksiya” vakillari bo‘yicha savdoga chiqarilayotgan benzin hajmlarini oshirish hamda narxlarni barqarorligini ta’minlash masalalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Bunda ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotning qo‘shimcha hajmlarini birja savdolariga chiqarish bo‘yicha aniq choralar hamda chakana narxlarning asossiz oshishining oldini olish bo‘yicha qo‘mitada Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Soliq qo‘mitasi va “O‘zenergoinspeksiya” bilan birgalikda respublika va hududiy ishchi guruhlar tuzilishi belgilandi.

“Benzin bilan ta’minlashda qo‘mita tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda benzin bozorida tanqislik va ajiotajning oldini olish bo‘yicha o‘z vakolatlaridan kelib chiqib tezkor zarur choralarni ko‘rib boradi.

Bugungi kunda benzin bilan ta’minlash masalalarida ajiotajga sabab bo‘ladigan omillar mavjud emasligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” matbuot kotibi 1-noyabrdan Ai-80 benzini narxi oshishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekanini jamiyatga tegishli AYQSHlarda narxlar eski belgilangan tartibda amalga oshirilishini maʼlum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »