Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati yuz minglab amerikalik fuqarolarni Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda.

Bu haqda AQSH hukumatining favqulodda vaziyatlar rejalari bilan tanish bo‘lgan rasmiylarga tayanib, The Washington Post nashri xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, Isroil mudofaa kuchlari Falastinning HAMAS harakati jangchilarini yo‘q qilish uchun G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani o‘tkazishga tayyorlanayotgani haqida e’lon qilinganidan keyin evakuatsiya qilish zarurati keskin oshgan.

Foto: Google Images

WP suhbatdoshlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda nafaqat Isroilda, balki qo‘shni Livanda yashovchi AQSH fuqarolari ham alohida tashvish uyg‘otmoqda. 

AQSH Davlat departamenti hisob-kitoblariga ko‘ra, HAMAS Isroilga hujum qilgan paytda u yerda 600 mingga yaqin, Livanda esa 86 ming AQSH fuqarosi bo‘lgan.

Livandagi “Hizbulloh” harakati HAMASni qo‘llab-quvvatlaganidan keyin amerikaliklarni Livandan evakuatsiya qilish zarurati muhim masalaga aylandi. Qo‘shma Shtatlar HAMASga ergashayotgan guruh jangchilari shimoldan Isroilga hujum qilishi va shu orqali ikkinchi frontni yaratishidan xavfsiramoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »