Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gollivud aktrisasining aytishicha, so‘nggi 10 yil uning uchun chidab bo‘lmas darajada kechgan. Anjelina Joli modalar uyi loyihasi unga psixologik jarohatni yengishga qanday yordam bergani haqida aytib berdi.

Foto: Getty Images

48 yoshli Jolining so‘zlariga ko‘ra, bu muammodan qutulishiga 6 nafar farzandi birdek yordam bergan. Bred Pittning sobiq rafiqasi bolalariga nafaqat ona, balki do‘st bo‘lishga ham harakat qilishini aytadi.

“Ona bo‘lganimda 26 yoshda edim. Shundan so‘ng butun hayotim o‘zgardi. Farzandlarim menga bu dunyoda boshqacha yashashim kerakligini o‘rgatishdi. O‘ylaymanki, agar ular bo‘lmaganida tom ma’noda cho‘kib ketgan bo‘lardim. Albatta, men onaman va umid qilamanki, ular uchun o‘rnak bo‘lishim kerak”, — deb tushuntiradi Anjelina.

Foto: Getty Images

Joli aynan farzandlari Atelier Jolie modalar uyini yaratishda yordam berganini tan oladi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bu loyihada 18 yoshli qizi Zaxara va 19 yoshli Paks faol ishtirok etgan. Gollivud yulduzining qizi unga Nyu-York markazida 1970-yillarda Endi Uorxolga tegishli bo‘lgan ikki qavatli binoni tanlashga yordam beradi.

“Men juda ta’sirchan bo‘lishim mumkin, ammo Zaxara juda muvozanatli, qat‘iyatli va o‘ylab ish qiladi. U rozi bo‘lgach, ikkalamiz bir qarorga kelganimizni his qildim”, — dedi “Umrboqiylar” yulduzi.

Brend logotipini yaratishda Pax ishtirok etadi. U kirish eshigi tepasiga osilgan viveskani chizgan. “Bu o‘g‘limning mehnati”, — deydi Joli.

Foto: Getty Images

“Oskar” sovrindori o‘tmishda modaga qiziqmaganini tan oladi. Jolining so‘zlariga ko‘ra, u liboslarini tikuvchilarga buyurtma qilgan yoki do‘kondan sotib olgan, lekin hech qachon stilistlar bilan hamkorlik qilmagan.

“Shkafimda kiyim-kechakdan ko‘ra kitoblar ko‘p. Men modaga qarab kiyinishni hayotining mazmuniga aylantirib olganlardan emasman”, deb tushuntiradi ko‘p bolali ona.

Aktrisa moda sanoatiga shaxsning o‘zini o‘zi ko‘rsatishi nuqtayi nazaridan qiziqib qoladi. Jolining tan olishicha, hayotidagi bir nechta muammolar uni katta trench paltolar foydasiga nafis liboslaridan voz kechishga majbur qilgan. Anjelinaning so‘zlariga ko‘ra, endi u o‘z uslubini izlash uchun tajriba o‘tkazishga qiziqmoqda.

Foto: Getty Images

“Terapevtim mendan egnimda bemalol turadigan, tor bo‘lmagan kiyimlar kiyib ko‘rishimni so‘radi. Bu ahmoqona tuyuldi, lekin men shim va botinkani tanlab, “qattiqqo‘lroq” obraz meni kuchliroq qiladi deb o‘yladim. Ammo men yumshoq bo‘lish uchun yetarlicha kuchli edimmi? O‘sha paytda, yo‘q. Men o‘zimni zaif his qildim. Hozir esa aslida o‘z uslubimni bilish-bilmasligim menga qiziqroq. Chunki men 48 yoshimda ham kimligimni aniq aytolmayman. Men, ehtimol, shaxs sifatida o‘tish davrini boshdan kechirayotgandirman, — deydi aktrisa.

Foto: Getty Images

“Menimcha, bu men uchun ham terapiya bo‘ldi — siz ishonadigan odamlar bilan ijodiy maydonda ishlash va o‘zimni qayta kashf qilish. Hayotimning ko‘p jihatlarini o‘zgartirishga umid qilaman. Hozir esa faqat oldinga harakat qilishim kerak”, — deb iqtibos keltiradi Britaniyaning Vogue jurnali.

Foto: Getty Images

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »