Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Falastinning HAMAS harakati jangchilarining 7-oktyabr kuni Isroilga hujumini so‘zsiz qoralashini aytdi, biroq bu besabab sodir bo‘lmaganini unutmaslikka chaqirdi.

“Men 7-oktyabr kuni Isroilda HAMAS tomonidan sodir etilgan dahshatli va misli ko‘rilmagan terror harakatlarini so‘zsiz qoraladim. Tinch aholining o‘ldirilishi, yaralanishi va o‘g‘irlanishi, shuningdek, tinch aholi nishonlariga raketa uchirilishini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Biroq HAMAS hujumlari o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaganini ham tushunish juda muhim. Falastin xalqi 56 yil davomida bosqin ostida yashadi”, — dedi u Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha jahon tashkiloti Xavfsizlik kengashidagi ochiq munozarada so‘zlagan nutqida. 

Foto: Reuters

Guterrishning aytishicha, G‘azo sektorida xalqaro huquqning ochiqdan ochiq buzilayotgani uni jiddiy tashvishga solmoqda.

“Men G‘azoda kuzatilayotgan xalqaro gumanitar huquqning ochiq-oydin buzilishidan jiddiy xavotirdaman. Shuni aniq aytishga ijozat bering: qurolli mojaroning hech bir tomoni xalqaro gumanitar huquqdan ustun emas”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »