Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida “Paxtakor” 24-oktyabr, seshanba kuni “Ahal”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Hojimat Erkinov hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, burchakdan uzatilgan to‘pni Aziz Turg‘unboyev boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda Turg‘unboyev dublni rasmiylashtirdi. 59-daqiqada Aziz to‘pni darvozabonni ham ustidan oshirib, ochiq qolgan darvozani ishg‘ol qildi. Shu tariqa Maksim Shatskix jamoasi 3:0 hisobida zafar quchdi.

Eslatib o‘tamiz, bu “sherlar”ning guruh bosqichiga ilk g‘alabasi hisoblanadi. Bundan avvalgi o‘yinlarda (“Al-Ayn”, “Al-Fayha”) mag‘lubiyatga uchragandi.


OCHL

3-tur bahsi

24-oktyabr, seshanba

“Paxtakor” – “Ahal” 3:0

Gollar: 1:0 — 23 Hojimat Erkinov, 2:0 — 27 Aziz Turg‘unboyev, 3:0 — 59 Aziz Turg‘unboyev.

“Paxtakor”: 36. Pavel Pavlyuchenko, 3. Hojiakbar Alijonov, 88. Shahzod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 34. Farruh Sayfiyev, 7. Odil Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, (40. Kimi Merk,79) 28. Diyor Xolmatov, 8. Azizbek Turg‘unboyev (6. Muhammadali O‘rinboyev, 79), 20. Hojimat Erkinov (19. Pshemislav Banashak,74), 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (17. Dostonbek Hamdamov).

“Ahal”: 13. Rustam Ahalliyev, 3. Shuhrat Soyunov, 5. Hakmuhammet Bashimov, 7. Meylis Diniyev (9. Gurban Annayev, 60), 8. Adilbek Ravshanov, 10. Elman Tagayev, 11. Dayanch Meredov (30. Alibek Abdurahmonov, 60), 19. Furkat Tursunov (2. Azatmuhammet Hojamuhammedov, 51), Gurbanov, 71. Ategeldi Geldiev, 98. Dovran Hojamammedov.

Ogohlantirishlar: Elman Tagaev (21), Furkat Tursunov (31), Diyor Xolmatov (84).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »