Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevrokomissiya Ukrainaga mamlakat infratuzilmasini tiklash uchun 1,5 milliard yevro miqdorida yana bir transh ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda YK rahbari Ursula fon der Lyayen ma'lum qildi.

“Yevropa komissiyasi Ukrainaga 1,5 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam o‘tkazdi. Ukrainaga bergan yordamimiz hajmi 83 milliard yevroga yetdi. Biz Ukraina tomonida harakat qilishda davom etamiz va 2027-yilgacha yana 50 milliard yevro ajratamiz”, — dedi fon der Lyayen o‘z bayonotida.

Foto: Reuters

Ukrainaga makromoliyaviy yordam ajratish 2022-yil dekabrida kelishilgan edi. Dastur doirasida Kiyevga har oyda 1,5 milliard yevro yuboriladi. YK tomonidan tushuntirilganidek, mablag‘lar imtiyozli kreditlar ko‘rinishida taqdim etiladi, ularni to‘lash uchun Ukraina hukumati 2033-yildan boshlab 35 yil muddatga ega bo‘ladi.

2023-yil iyul oyi oxirida Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari Josep Borrel Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari muhokamasiga Ukrainaga qurol yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida Yevropa tinchlik jamg‘armasi resurslarini kengaytirish rejasini taqdim etishga va’da berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »