Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari YIM (yalpi ichki mahsulot)ga nisbatan 2 baravarga oshib, kam ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga ko‘paydi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi.

Bularning natijasida bugungi kunda 2,3 mln dan ortiqroq kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lanmoqda. 2023-yilda ushbu to‘lovlar uchun 12,2 trln so‘m yo‘naltiriladi. Shundan 1,8 trln so‘mi qo‘shimcha ajratiladi.

Davlat tomonidan sarflanayotgan ushbu mablag‘lar aslida kam ta’minlangan va og‘ir ahvolga tushib qolgan shaxslarning hayotiy ehtiyojlarini qoplashga qaratilgan. 

Ammo so‘nggi yillarda ba’zi bir o‘ziga to‘q fuqarolar ijtimoiy zaif qatlamlarga mo‘ljallangan nafaqadan foydalanish holatlari uchrab turibdi. Misol uchun nafaqa olayotgan shahslar tomonidan mulk (honadonlar, avtotransport va boshqalar) harid qilish holatlari kuzatilmoqda. 

Bundan tashqari, mablag‘larga erishish uchun bir qator shaxslar mol mulkini qarindoshlari nomiga o‘tkazib o‘zini sun’iy ravishda kambag‘allik kriteriyasiga olib kelib nafaqalardan foydalanayotgan holatlar ko‘zga tashlanib turibti. 

Vaxolanki, ular chinakam muhtojlarga yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan mablag‘laridan foydalanyaptilar. 

Jahon bankining tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022 yilda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida nafaqa olganlarning 5,6 foizi o‘ziga to‘q va 12,5 foizi o‘rta ahvoldagi oilalar ekanligi anqlangan. Shundan kelib chiqib 2022 yilda jami nafaqa oluvchi oilalarning 18,1 foizi  haqiqatda ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lmagan oilalar hisoblanadi.

Shu kabi holatlarni oldini olish va ijtimoiy nafaqalarning manzilligini oshirish hamda uni tayinlashdagi adolatlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron ko‘rinishda ariza berishni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. 

Ushbu qaror loyihasi bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash mezoniga quyidagi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda:

Birinchidan, nafaqa oluvchilarning daromadi va mol-mulkini har oyda elektron axborot tizimi orqali o‘rganish hamda kam ta’minlanganlik mezonlariga to‘g‘ri kelmaydigan oilalarni reyestrdan chiqarish taklif etilmoqda.
Shuningdek, 2024 yil 1 martdan “mahalla yettiligi” tomonidan joyiga chiqqan holda oilaning nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq foydalanuvida bo‘lgan mol-mulklari o‘rganiladi. O‘rganish natijalari dasturga kiritiladi va axborot tizimi tomonidan nafaqa to‘lovini to‘xtatish yoki davom ettirish bo‘yicha avtomatik qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu tizim yangilik yemas, masalan, Turkiyada va Ozarbayjonda nafaqa olish uchun murojaat qilgan oilalar foydalanuvidagi mol-mulk ijtimoiy xodimlar tomonidan xonadonga borib o‘rganiladi. Bundan tashqari, har oyda oilalarning moddiy holati elektron axborot tizimlari orqali tekshirib boriladi.

Bundan kutilayotgan maqsad — mahallada ushbu oilaga nisbatan kam ta’minlangan biroq nafaqa olmaydigan oilalarning haqli e’tirozlarini oldini oladi. Shu bilan birga, noo‘rin yoki tizimni xatolik sabab kirib qolgan o‘ziga to‘q oilalar aniqlanib, ularni nafaqasi to‘xtatiladi. Ijtimoiy nafalar to‘lovini manzilligi oshadi.

Ikkinchidan, bandlik organlarida maslahat olish uchun murojaat qilgan ishsiz fuqarolar uch oy davomida kasbga o‘qimasa, ishsiz sifatida ro‘yxatga olinmasa hamda mehnat faoliyatini rasmiylashtirmasa, to‘lovni to‘xtatish taklif etilmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra ijtimoiy nafaqa tayinlash uchun oilaning band bo‘lmagan mehnatga layoqatli a’zosi hududiy bandlik organidan ish izlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi.

Bunda, bandlik organlariga maslahat uchun ham murojaat qilgan fuqarolarda (224 ming nafar) ijtimoiy nafaqa olish huquqi paydo bo‘lmoqda. Bunday tartib ishsizlarning bandligini ta’minlashda samarasiz bo‘lib, fuqarolar bundan faqat nafaqa olish uchun foydalanmoqda.

Foto: Daryo

Bundan kutilayotgan maqsad - ishsiz fuqarolarni ish izlashga rag‘batlantirish, fuqarolarni mehnat faoliyatini rasmiylashtirishga undash va mehnat stajiga va pensiya yoshiga yetganda pensiya olish huquqiga ega bo‘lish.
Uchinchidan, kredit olgan, tomorqa yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar Soliq organlarida rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hamda xorijda ishlayotgan shaxslar Davlat personallashtirish markazining elektron ma’lumotiga asosan avtomatik ravishda bandligini aniqlash tartibi joriy etilmoqda.

Bunda, fuqarolarda nafaqa olish uchun “proaktiv” murojaat qilish huquqi paydo bo‘ladi.

Bugungi kunda mahalla raislari tomonidan fuqarolar quyidagi toifalarga tegishli ekanligi belgilanmoqda va shu asosida ularning “band bo‘lgan oilalar” sifatida nafaqa olish huquqi paydo bo‘lmoqda:

  •  “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kredit olgan oilalar (faoliyatini amalga oshirishidan qat’i nazar);
  •  xorijda ishlashga ketgan shaxslar.
  •  kadastr agentligi axborot tizimida tomorqa yeri mavjud bo‘lgan (327 ming) oilalar ham (undan foydalanishidan qat’i nazar) band bo‘lgan shaxs sifatida inobatga olinmoqda.

Ma’lumot uchun: oilaning mehnatga layoqatli a’zolarini mahalla idoralari tomonidan asossiz ravishda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida band etib ko‘rsatilishi oqibatida 3,4 ming holatda 4,7 mlrd. so‘mlik nafaqalar noto‘g‘ri tayinlangan.

Bundan kutilayotgan maqsad - fuqarolarni bandligini belgilashda inson omili bartaraf etish.

To‘rtinchidan, 2024 yil 1 iyuldan boshlab oila a’zosi nogiron bo‘lmagan to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli a’zolariga rasman band bo‘lish talabi joriy etilmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra to‘rt va undan ortiq bolasi bor oilalar uchun band bo‘lish talabi tatbiq etilmasdan, nafaqa olishi mumkin.

Bundan kutilayotgan maqsad - ishsiz fuqarolarni ish izlashga rag‘batlantirish, fuqarolarni mehnat faoliyatini rasmiylashtirishga undash va mehnat stajiga va pensiya yoshiga yetganda pensiya olish huquqiga ega bo‘lish.
Beshinchidan, egaligida yengil avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan muddati 12 yilgacha bo‘lgan oilalarga nafaqa olishga cheklov belgilanmoqda.

Bunda, oila a’zosi nogiron bo‘lsa, amaldagi tartib, ya’ni 7 yillik chegara saqlab qolinadi.

Misol uchun: amaldagi tartibga ko‘ra egaligida ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan yengil avtotransport vositasi (yoki 15 yildan oshmagan yuk avtotransporti) bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlash rad etiladi.

Har oyda ishlab chiqarish sanasi 7 yildan 12 yilgacha yengil avtomashinasi bo‘lgan o‘rtacha 6,5 ming oilaga nafaqa tayinlanmoqda. Bularning ichida 2008 yildan keyin ishlab chiqarilgan Malibu, Orlando, Kaptiva, Lasetti va boshqa rusumdagi xorijiy avtomashina egalari mavjudligi aniqlanmoqda.

Shu bilan birga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olishning manzilliligini oshirish maqsadida  oilaning ruhiy kasalliklar dispanseri ro‘yxatidagi a’zosiga mehnat organida ishsiz sifatida ro‘yxatda turish talabi bekor qilinmoqda.

Bundan rasman nikohi bekor qilinmagan holda sud qaroriga asosan aliment to‘lab turgan erining daromadini nafaqa tayinlashda hisobga olmaslik belgilanmoqda.

Bu degani ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning sonini qisqartirib ularga berilayotgan moddiy yordamni qisqartirish emas balkim davlat tomonidan berilayotgan nafaqalarni adolatlilik tamoyili bilan taqsimlanishi va ushbu toifaga kirmaydigan fuqarolarni vijdonsiz hatti-harakatlarini oldini olishga qaratilgan.

Hozirgi kunda ijtimoiy boqimandalik (qaramlik) muammosi ijtimoiy davlat konsepsiyasini amalga oshirishda yuzaga keladigan eng dolzarb muammolardan biridir. 

Misol tariqasida bir qator rivojlangan davlatlarda amalga oshirilgan ijtimoiy siyosat doirasida ijtimoiy boqimandalik tendensiyasi paydo bo‘lib ulg‘ayib kelayotgan yoshlar orasida ishlamaslik va “boqimanda” uslubida hayot kechirish holatlari paydo bo‘lib qolganini kuzatish mumkin. 

Mazkur salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ekspertalar ijtimoiy nafaqalar faqatgina qiyinchilikka tushib qolgan va kambag‘al deb tan olingan fuqarolar qatlamiga berilishini ya’ni maqsadli yo‘naltirilishini nazoratga olish taklifini ilgari surmoqdalar. 

Shularni inobatga olgan holda mazkur qaror nafaqalarni tayinlashning mezonlari takomillashtirilib boqimandalikni olish va manzilli yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »