Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaqin Sharq mintaqasidagi barcha davlatlar Isroilning mavjud bo‘lish va o‘z xavfsizligini ta’minlash huquqini tan olishlari kerak, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.

“Agar Yaqin Sharqdagi barcha davlatlar Isroilning mavjudligini va uning xavfsizligini taʼminlash zarurligini tan olsa, mintaqada tinchlik o‘rnatilishi mumkin”, — dedi Makron Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Foto: AP

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, falastinliklarning “ular ham xavfsiz yashashlari mumkin bo‘lgan” o‘z davlatiga bo‘lgan huquqi tan olinishi kerak. “Biz har qanday keskinlikdan qochishimiz kerak”, — dedi Fransiya prezidenti.

Shuningdek, Makron “siyosiy yo‘l” Isroil—Falastin muammosini hal qilishda nihoyatda muhim va undan tezroq foydalanish zarurligini ta’kidlab, Yaqin Sharq mintaqasidagi barcha mamlakatlarni hozirgi inqirozni hal qilishda uchta asosiy tamoyilga amal qilishga chaqirdi.

Birinchisi, mintaqada barqarorlikni ta’minlash va mojaro yanada avj olishi xavfini kamaytirish uchun terrorizmga, xususan, Falastinning HAMAS guruhiga qarshi kurash.

Ikkinchi tamoyil - mojaro zonasida tinch aholi himoyasini ta’minlash va insonparvarlik yordami yetkazib berish bo‘lsa, uchinchisi — Falastin davlatini yaratish va Isroil xavfsizligini ta’minlash bilan siyosiy kelishuvga ko‘maklashish.

Izoh

Farrux Shodiyev

26.10.2023, 08:06

oʻz yurtini bolasini ayolini ximiya qiliyotganlar qachondan terarit boʻldi daryoniyam oxirgi vaxtlarda oʻqiydigan joyi qomadi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »