Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Importga qaram bo‘lgan Isroil mamlakati oziq-ovqat taqchilligiga duch kelishi mumkin, chunki yuk tashish kompaniyalari urush sharoitida portlarga kirishdan qo‘rqishmoqda. Bu haqda Amerikaning Foreign Policy jurnali xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, Isroilga tovarlarni yetkazib berishda xavf va harajatlarning oshishi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda. 2022-yilgi USDA hisobotiga ko‘ra, Isroil shakar, o‘simlik yog‘i, don va chorva mollari importiga juda bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari importi Isroil eksportidan deyarli uch baravar yuqori. Bunday yuklarni qabul qilish uchun asosiy portlar Isroilning Ashdod va Hayfa portlari bo‘lib, ular hozirda o‘qqa tutilmoqda.

Foto: Google Images 

Kema egalari va sug‘urta kompaniyalari Isroil portlariga kirish-qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishda Isroilning  kuchli raketa hujumlarini qanchalik samarali qaytara olishiga asoslanadi, deb ta’kidlaydi jurnal.

“Hizbulloh Benyamin Netanyaxuning ularga qarshi aql bovar qilmaydigan hujumlar uyushtirish haqidagi so‘zlaridan balki qo‘rqmagandir, lekin yuk tashish kompaniyalari va ularning sug‘urtachilari bu gaplardan albatta xavotirga tushishdi. Agar ular Isroil portlariga kirish juda xavfli degan xulosaga kelishsa, mamlakat tez orada oziq-ovqat taqchilligiga duch kelishi mumkin”, — deb yozadi Foreign Policy jurnali.

O‘tgan haftada Tayvanning Evergreen Line yuk tashish kompaniyasi shahar kuchli o‘qqa tutilayotgani tufayli Ashdod portiga yuk yetkazib berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmasligini ma’lum qildi. Kompaniyaga tegishli bo‘lgan konteyner ortilgan kemalardan biri yo‘nalishini o‘zgartirib, G‘azo sektori bilan chegaradan 50 km uzoqlikda joylashgan Hayfa portida to‘xtashga majbur bo‘ldi, deb yozadi jurnal.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »